Biz haqimizda

Ishonchli moliyaviy yordam

Карточки

2025-yil 8-yanvarda O‘zbekiston Markaziy bankida yangi mikromoliya tashkiloti – Una Moliya rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu qo‘shma korxona bo‘lib, uning 60 foiz ulushi UnaFinancial xalqaro kompaniyasiga, qolgan 40 foizi esa mamlakatning yetakchi moliya muassasasi – Mikrokreditbankka ga tegishli.

Una Moliya – O‘zbekistonda litsenziyalangan yangi avlod mikromoliya tashkiloti, 28.12.2024-yildagi 120-sonli litsenziyaga ega.

Daromadingiz o‘sishi uchun ishonchli yechim

Una Moliya tadbirkorlarga 4 oydan 18 oygacha bo‘lgan muddatga moslashuvchan to‘lov shartlari bilan garovsiz onlayn kreditlarni taklif qilgan holda o‘z faoliyatini boshlab bo’lgan. Dastlabki operatsiyalar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida amalga oshiriladi.

Biroq, tashkilotning ulkan rejalari 2026-yildan boshlab butun O‘zbekiston bo‘ylab faoliyatni kengaytirishni, shuningdek, kreditlashning maksimal muddatini 36 oygacha oshirishni nazarda tutadi.

Рост

Una Moliya afzalliklari

  • Onlayn-platforma orqali kreditlarni rasmiylashtirish qulayligi

  • Qarz olish uchun minimal talablar va hujjatlar

  • Har bir mijoz uchun individual shartlar

  • Har bir mijoz uchun individual shartlar

UnaFinancial va Mikrokreditbankka kabi nufuzli moliyaviy hamkorlar bilan hamkorlik barcha mijozlar uchun bitimlarning ishonchliligi va xavfsizligini kafolatlaydi. Zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi jarayonlarning maksimal shaffofligini va xizmatlardan foydalanish qulayligini ta’minlash imkonini beradi.

Shu tariqa, Una Moliya O‘zbekistondagi mikrokreditlash bozorining asosiy ishtirokchilaridan biriga aylanib, kichik biznesni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar taqdim etmoqda.

34 250 000 som
3 500 000 som
65 000 000 som
4 oy
4 oy
18 oy
Oylik to'lov
9 565 591 som

Biz cookie-lardan foydalanamiz. Bu bizga tashrif buyuruvchilarning sayt bilan o'zaro ta'sirini tahlil qilish va uni yaxshilashga yordam beradi. Saytdan foydalanishni davom ettirib, siz cookie-lar va shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash qoidalaridan foydalanishga rozilik bildirasiz. Batafsil.