
Bugungi kunda rasmiy ish joyiga ega bo‘lmagan fuqarolar ham onlayn kredit olish imkoniyatiga ega. Ushbu maqolada biz rasmiy ish joyiga ega bo‘lmagan fuqarolarga kredit berish tartibi, shartlari va muhim jihatlarini ko‘rib chiqamiz.
Onlayn kredit yoki mikroqarz nima va u qanday ishlaydi?
Onlayn kredit (onlayn mikroqarz) — bu bankka yoki mikroqarz tashkilotiga bormasdan, internet orqali ariza topshirib olinadigan qarz turidir. Bunday xizmatda mijoz kredit miqdori, muddati va shartlarini onlayn tarzda tanlaydi, so‘ngra arizasi ko‘rib chiqilib, tasdiqlansa, mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri plastik karta yoki hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Onlayn kredit olish jarayoni odatda quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
1-qadam. Shaxsni tasdiqlash
- Telefon raqamingizni kiriting va SMS orqali yuborilgan kod bilan uni tasdiqlang
- MY ID orqali fotoidentifikatsiya jarayonidan o‘ting va shaxsingizni tasdiqlang
2-qadam. Anketani to‘ldirish va shartnomani imzolash
- O‘zingiz haqingizda asosiy ma’lumotlar va ish joyingiz haqidagi ma’lumotlarni kiritib, anketani to‘ldiring
- Bank kartangiz ma’lumotlarini kiriting va SMS orqali yuborilgan kod bilan rekvizitlarni tasdiqlang
- Arizangiz tasdiqlanishini kuting, kerakli summani tanlang, shartnoma shartlarini o‘rganib chiqing va uni SMS orqali yuborilgan kod yordamida tasdiqlang
3-qadam. Pul mablag‘larini olish
To‘lov tizimi mablag‘larning hisobingizga o‘tkazilishini tasdiqlaguncha kuting.
Tasdiqdan so‘ng siz avtomatik ravishda shaxsiy kabinetingizga, olingan mikroqarz sahifasiga yo‘naltirilasiz.
O‘zbekistonda ishsizlar uchun onlayn kreditni qayerdan olish mumkin?
2025-yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 5,1 foizni tashkil etdi. Ish bilan band fuqarolarning 55 foizi (8 mln) rasmiy, 33 foizi (4,8 mln) norasmiy ishda, 12 foizi (1,8 mln) esa xorijda ishlamoqda.
Ish bilan band aholining katta qismi norasmiy sektorda ishlayotganini inobatga olsak, ko‘plab fuqarolar rasmiy ish joyiga ega emas. Shu bois, kredit olish masalasida ham muammolar yuzaga keladi.
Biroq bugungi kunda koʻplab banklar va mikromoliya tashkilotlari onlayn yoki oflayn shaklida rasmiy ish joyiga ega boʻlmagan fuqarolarga ham kredit va mikroqarzlar taqdim etmoqda. Mikroqarz foizlari mijozning kredit tarixidan kelib chiqib belgilanmoqda. Yaxshi kredit tarixiga ega mijozlar uchun qulayroq shartlar taklif etiladi, kredit tarixi salbiy bo‘lgan holatlarda esa shartlar individual baholanadi.
Ishsizlar uchun kredit olishning o‘ziga xos jihatlari
Ko‘plab banklar ishsiz fuqarolarga kredit berishda ortiqcha talablar qo‘yadi: rasmiy ish joyi, yuqori daromad, kafillik yoki garov. Shu sababli ko‘plab odamlar banklardan rad javobi oladi.
Mikromoliya tashkilotlari esa boshqacha ishlaydi. Ularning asosiy maqsadi – ish bilan bandlik shaklidan qat’i nazar, o‘z faoliyatini rivojlantirishni istagan fuqarolarga tez va qulay moliyaviy yechim taklif qilishdir.
Talablar:
- Yagona shart – shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va myID orqali onlayn identifikatsiya
- Rasmiy ish joyi yoki daromad to‘g‘risida ma’lumotnoma talab qilinmaydi
- Minimal yosh talabi – 18 yoshdan 60 yoshgacha
- Ariza to‘liq onlayn tarzda, 5 daqiqada to‘ldiriladi
Afzalliklar:
- Banklardan farqli ravishda garov va kafil talab qilinmaydi (ammo ayrim mikromoliya tashkilotlari ham garov va kafil talab qiladi)
- Kredit olish jarayoni butunlay onlayn, ofisga kelish shart emas
- Ariza ijobiy ko‘rilgach, pul darhol karta hisobiga o‘tkaziladi va uni naqd qilib olish mumkin
- Do‘stona yondashuv: kredit tarixi mukammal bo‘lishi shart emas, ko‘plab rad etilgan mijozlar uchun ham imkoniyat bor
- Kreditni muddatidan oldin yopish mumkin – qo‘shimcha komissiya yoki jarima qo‘yilmaydi
Kredit shartlari:
- Miqdor: 2 mln so‘mdan 65 mln so‘mgacha.
- Muddat: 4 oydan 36 oygacha.
- To‘lovlar qulay tarzda – avtomatik yechib olish orqali amalga oshiriladi.
- 65 million so‘mgacha
- Arizani onlayn to‘ldiring
- Garov va kafilsiz
Ishsizlarga “Una Moliya” orqali tezkor mikroqarz olish
“Una Moliya” — O‘zbekistondagi mikromoliya tashkiloti bo‘lib, jismoniy shaxslarga shaxsiy ehtiyojlar va biznes maqsadlari uchun mikroqarzlar beradi. Maqsadimiz — mijozlarga moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatish hamda ularning turli ehtiyojlarini qondirishga yordam berish.
Shartlarimiz:
- Kredit miqdori: turli ehtiyojlarga mos
- Muddat: 4 oydan 18 oygacha
- Maqsad: har qanday ehtiyojlar uchun, jumladan shaxsiy xarajatlar, turli to‘lovlar yoki boshqa maqsadlar
- Miqdori: 3,5 million soʻmdan 65 million soʻmgacha
Qanday olish mumkin:
- Arizani onlayn topshiring
- Sizga faqat pasport yoki ID-karta ma’lumotlari kerak bo‘ladi
- Mutaxassislarimiz tomonidan tasdiqdan so‘ng mablag‘ni oling
Qarz olish tasdiqlanish ehtimolini qanday oshirish mumkin
- Kredit olishda ba’zi oddiy qoidalarni bilsangiz, arizangiz rad etilish ehtimoli sezilarli darajada kamayadi. Quyidagi maslahatlar yordam beradi:
- To‘liq va aniq hujjatlar tayyorlang – fuqarolik pasporti yoki ID-karta, daromad manbalari, faoliyatingizga oid ma’lumotlarni to‘liq ko‘rsating.
- Kredit tarixingizni toza saqlang, avvalgi qarzlarni vaqtida yopish juda muhim.
- Aloqa ma’lumotlaringizni to‘g‘ri kiriting – telefon raqamingiz va boshqa kontaktlar faol bo‘lishi va siz bilan tez bog‘lanish imkonini berishi kerak.
- Kichik summadan boshlang. Birinchi marta murojaat qilsangiz, katta kredit emas, kichikroq miqdorni so‘ragan ma’qul.
- Barqaror daromad manbasini ko‘rsating – rasmiy ish joyi bo‘lmasa ham, doimiy daromad keltiruvchi faoliyatni hujjatlar bilan isbotlash foydali bo‘ladi.
Xulosa
Onlayn kredit olish imkoniyatlari kengayib bormoqda, lekin to‘g‘ri yondashuv va hujjatlar tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Har bir ariza beruvchi o‘z faoliyatini aniq ko‘rsatib, maqsadini tushunarli ifoda etsa, tasdiqlanish ehtimoli oshadi. “Una Moliya” sizga biznes va tadbirkorlik faoliyatingizni rivojlantirish uchun qulay shartlarda mikroqarz olish imkonini taqdim etadi.
