
2025-yilning 24-iyunida yangi mikromoliya tashkiloti «Una Moliya» ning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Loyiha ATB «Mikrokreditbank» va xalqaro moliyaviy-texnologik xolding UnaFinancial hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi — tadbirkorlar, fermerlar va olis hudud aholisi uchun garov va kafil talab qilmaydigan mikroqarzlar orqali moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirishdir.

«Una Moliya» — yangi avlod mikromoliya tashkiloti bo‘lib, bu yerda mikroqarz olish jarayoni to‘liq onlayn tarzda amalga oshiriladi — ariza topshirishdan tortib to mikroqarzni to‘liq yopilguncha.
«Una Moliya» nafaqat kichik biznes va hudud aholisi uchun yangi onlayn-moliyalashtirish manbai, balki ishonchli moliyaviy maslahatchi hamdir — barcha jarayonlar maksimal darajada sodda va shaffof.