Una Moliya mikroqarzlarni rasmiylashtirish va boshqarish uchun mobil ilovani taqdim etadi. Mijozning, ariza berishdan boshlab pullarning kartaga tushguniga qadar bo‘lgan yo‘li, ofisga bormasdan, daromad haqida ma’lumotnomalarisiz va kafillarsiz shunchaki smartfon orqali o‘tadi. Ariza ikki daqiqaga yaqin vaqtni oladi, qaror o‘rtacha 10 daqiqada keladi. Qarz summasi 500 000 so‘mdan 25 000 000 so‘mgacha, muddatni mijozning o‘zi tanlaydi, 1 oydan 12 oygacha. Pullar bevosita Uzcard yoki Humo kelib tushadi.
Ilova, mikroqarzni bitta interfeysda rasmiylashtirish va xizmat ko‘rsatilishini birlashtiradi. Identifikatsiyalash to‘g‘ridan to‘g‘ri ilovaning o‘zida biometriya orqali o‘tkaziladi.
Ilovaning imkoniyatlari:
- Ariza berish 2 daqiqada, ofisga tashrif buyurmagan va daromad to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etmagan holda.
- Egiluvchan muddat, mijozning tanloviga ko‘ra 1 oydan 12 oygacha.
- Shaxsni ilovada identifikatsiyalash – tez va xavfsiz.
- Qarzlarni boshqarish, ariza maqomi, qarzdorlik qoldig‘i va so‘ndirish sanasi – shaxsiy kabinetda.
- Muddatidan ilgari so‘ndirish, yashirin komissiyalarsiz, faqatgina haqiqiy kunlar uchun to‘lov bilan.
- Takroriy mikrokredit: doimiy mijozlarlarga yanada yuqori limitlar va foydali shartlar.
Veb-versiyadan farqli ravishda, ilovada biometrik identifikatsiyalash ancha tezroq va barqarorroq o‘tadi, bu esa ariza berish vaqtini qisqartiradi, shuningdek, aloqa ma’lumotlarini tahrirlash imkoni bo‘lgan shaxsiy kabinet ham mavjud. Keyinchalik ariza berish jarayoni soddalashtiriladi, shuningdek qarzlar va so‘ndirishlar tarixi paydo bo‘ladi.
Mikrokreditni qanday rasmiylashtirish mumkin?
- Ilovani yuklab oling va ro‘yxatdan o‘ting.
- Istalgan summa va qarz muddatini tanlang.
- So‘rovnomani to‘ldiring va shaxsingizni tasdiqlang.
- Ariza bo‘yicha qarorni kuting – bir necha daqiqadan ko‘p emas.
- Pullarni kartangizga oling.
O‘zbekiston – Markaziy Osiyoning eng dinamik bozorlaridan biri, va moliyaviy texnologiyalar industriyasini rivojlantirish bu yerda strategik ahamiyatga ega: aynan raqamli servislar odamlar uchun xizmatlarni yana ommalashtiradi va mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlaydi. Bozor o‘sib bormoqda – u bilan birga qulayliklarga bo‘lgan talab ham o‘sadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston mikromoliya tashkilotlarining aktivlari, bir yilda 47% ga oshib, 2026 yilning aprel oyi boshiga 13,3 trln.so‘mga yetgan, ular tomonidan berilgan kreditlar esa 8,2 dan 11,8 trln.so‘mgacha o‘sgan. Bozor raqamli servislar tomoniga o‘tib bormoqda, va mobil ilova, pullarga tezkor va shaffof kirishga yo‘nalgan o‘yinchi uchun qonuniy qadam. Mijozlar, pul bilan bog‘liq masalalarni ko‘plab holatlarda smartfon orqali xal qilishmoqda, va bozor bunday talablarga mos bo‘lishi kerak. Ilovaning ishga tushirilishi – bizning shu rivojlanishga qo‘shgan hissamiz: mikroqarzni rasmiylashtirish yanada tez va shaffof bo‘lib qoldi, hech qanday ortiqcha to‘siqlar yo‘q”, – Almaz Torutaev, Markaziy Osiyo bo‘yicha Una Financial mintaqaviy direktori (Una Moliya bosh kompaniyasi).
Kompaniya haqida
Una Moliya, yangi avloddagi MMT. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 28.12.2024 yil berilgan 120-sonli Litsenziya. Kompaniya jismoniy shaxslarga, tadbirkorlar va o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarga shaffof shartlar asosida, yashirin komissiyalarsiz va faqatgina haqiqatda foydalanishgan muddat uchun to‘lash sharti bilan mikroqarzlar beradi.