
O‘zbekistonda moliyaviy imkoniyatlar tobora kengayib bormoqda. Bugungi kunda ko‘plab fuqarolar qo‘shimcha mablag‘ga turli maqsadlar uchun muhtoj bo‘lishi mumkin — shaxsiy xarajatlarni qoplash, muhim rejalarga mablag‘ ajratish yoki o‘z biznesini boshlash va rivojlantirish uchun.
Biroq, agar siz davlat tashkilotida rasmiy ishlamasangiz yoki daromadingiz an’anaviy tarzda tasdiqlanmasa, bankdan kredit olish qiyin bo‘lishi mumkin. Bunday holatda mikromoliya tashkilotlari muqobil yechim sifatida xizmat qiladi. Masalan, Una Finance orqali davlat muassasasida ishlamasangiz ham mikroqarz olishingiz mumkin.
Mikroqarz qanday ishlaydi, nima uchun u foydali va undan shaxsiy maqsadlar uchun, shuningdek biznesni boshlash yoki kengaytirishda qanday foydalanish mumkin? Bularning barchasini ushbu maqolada ko‘rib chiqamiz.
Nima sababdan banklar rasmiy ishga kirmaganlarga kredit bermaydi
O‘zbekistondagi banklar barqarorlikni yaxshi ko‘radi. Agar sizda daromadlaringiz to‘g‘risida ma’lumotnoma yoki mehnat daftarchangizda yozuv bo‘lmasa, kredit olish imkoniyati nolga yaqin. Bu, ayniqsa, ko‘pincha o‘zlari uchun ishlaydigan va standart hujjatlar to‘plamini taqdim eta olmaydigan o‘zini o‘zi band qilganlar, fermerlar va kichik biznes egalariga tegishlidir.
Lekin davlat korxonasida ishlamaslik – bu hukm emas. Mikromoliyaviy tashkilotlar (MMT) va davlat dasturlari moliyalashtirishning muqobil yo‘llarini taklif etadi. Keling, nimani tanlash va bu qanday ishlashini ko‘rib chiqamiz.
Davlat ishida ishlamasdan kreditni qayerdan olish mumkin
Agar siz davlat tuzilmalarida ishlamasangiz, moliyalashtirish olishning bir necha usullari mavjud — bu jismoniy shaxs sifatida ham, agar siz tadbirkor bo‘lsangiz, biznesingiz uchun ham. Mana ularning asosiy turlari.
Mikroqarzlar: tez va rasmiyatchiliklarsiz
Una Moliya kabi mikromoliya tashkilotlari — bu davlat ishida ishlamasdan ham kredit olishni xohlovchilar uchun qulay yechimdir. Ular daromad yoki rasmiy ish joyidan ma’lumotnoma talab qilmaydi. Ariza onlayn tarzda topshiriladi, qaror esa atigi 5 daqiqada qabul qilinadi. Ma’qullangandan so‘ng esa mablag‘ darhol kartangizga o‘tkaziladi. Foiz stavkalari banklarga nisbatan yuqoriroq bo‘lsa-da, ortiqcha hujjatlar va savollarsiz zarur pul mablag‘ini qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘lasiz.
Mikroqarzlarning afzalliklari
☑️ Tezkor — Pul mablag‘larini atigi 10 daqiqa ichida olish mumkin.
☑️ Minimal hujjatlar — Odatda faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etiladi.
☑️ Qulay ariza topshirish — Arizani onlayn tarzda uyda yoki istalgan joydan topshirish mumkin.
☑️ Moslashuvchan shartlar — Turli maqsadlar uchun mos keladigan qulay miqdor va muddatlar tanlash imkoniyati mavjud.
Bank kreditlari: uzoq, lekin olish mumkin
Banklar kreditlar va onlayn kreditlarni taklif qiladi, ammo rasmiylashtirish jarayoni va talablar ko‘pincha murakkabroq bo‘lishi mumkin. Sizdan daromadni tasdiqlovchi hujjatlar, turli ma’lumotnomalar, ba’zan esa garov yoki kafil talab qilinadi. Arizani ko‘rib chiqish bir necha kun davom etishi mumkin. Bu turdagi kreditlar, uzoq vaqt talab qiladigan rasmiylashtirishga tayyor va rasmiya hujjatlarga ega bo‘lganlarga to’g’ri keladi.
Lombardlar va garovga qo‘yilgan kreditlar: qulay, ammo xatarli
Lombardlar zargarlik buyumlari, texnika yoki avtomobil kabi mol-mulkni garovga qo‘yish evaziga qarz beradi. Bu pul olishning tezkor usuli hisoblansa-da, garov qiymati bilan cheklangan, mol-mulkni yo‘qotish xavfi esa uni kamroq jozibador qiladi. Uzoq muddatli investitsiyalar uchun emas, balki shoshilinch ehtiyojlar uchun mos keladi.
Tadbirkorlar uchun davlat dasturlari
O‘zbekistonda tadbirkorlarning moliyalashtirishdan foydalanishlarini osonlashtiradigan bir nechta davlat tashabbuslari mavjud.
- Masalan, 2025-2027-yillar uchun “Yoshlar biznesi” dasturi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarga mo‘ljallangan. “Biznesga birinchi qadam” loyihasi doirasida o‘zini o‘zi band qilganlar 7 yilgacha muddatga 100 mln so‘mgacha, “Yoshlar uchun ish o‘rinlari” yo‘nalishi bo‘yicha esa 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 mlrd so‘mgacha mablag‘ olishlari mumkin.
- Shuningek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturida 3 yildan 4 yilgacha muddatga, shu jumladan 6 oydan 1 yilgacha imtiyozli davr bilan imtiyozli kreditlar taqdim etiladi.
Ikkala dastur ham qulay moliyalashtirish shartlarini taqdim etadi, ammo talablarga qat’iy rioya qilishni va to‘liq hujjatlar to‘plamini talab qiladi, shu sababli rasmiylashtirish jarayonini yanada uzoqroq davom etadi.
Sharh: moliyalashtirishni taqqoslash turlari
| Kreditor shakli | Afzalliklari | Murakkabliklari | Кimlarga to‘g‘ri keladi |
| Мikromoliyaviy tashkilorlar (MMT) | Rasmiylashtirish tezda amalga oshiriladi, hujjatlarning kamligi, arizani onlayn qoldirish, pullar kartaga o‘tkaziladi | Banklarga nisbatdan yuqori foiz stavkalari, agar muddatidan oldin kredit so’ndirilsa ortiqcha to’lov kamayadi | Hech qanday rasmiyatchiliklarsiz soshilinch pul zarur bolganda to‘g‘ri keladi |
| Banklar | Yuridik shaxslar uchun katta mablag‘lar, qulay shartlar | Daromadlar, biznes rejasi, garov yoki kafillar tasdig‘I talab qilinadi, uzoq muddatli jarayon | Rasmiy maqomga ega tadbirkorlarga |
| Lombardlar | Oddiylik, tez yechim, rasmiyatchilikning kamligi | Mablag‘ garov qiymati bilan cheklangan, mol-mulkni yo‘qotish xavfi | Uzoq muddatli investitsiyalar uchun emas, balki shoshilinch ehtiyojlarga mo‘ljallangan |
| Davlat dasturlari | Imtiyozli shartlar, ustuvor sektorlarni qo‘llab-quvvatlash | Ko‘plab hujjatlar, qat’iy talablar, uzoq vaqt rasmiylashtirish | Agrar sektori yoki eksportdagi yirik va uzoq muddatli loyihalar uchun |
Una Moliya: har qanday maqsadlar uchun mikroqarzlar
Una Moliya — O‘zbekistonda jismoniy shaxslarni moliyalashtirish hamda kichik biznes va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan litsenziyalangan mikromoliya tashkiloti.
Una Moliyaning imtiyozlari:
✅ Tez va onlayn rasmiylashtirish
Ariza 5 daqiqada ko‘rib chiqiladi, pul tasdiqlangandan so‘ng darhol kartaga tushadi.
✅ Moslashuvchan shartlar
3 500 000 so‘mdan 65 000 000 so‘mgacha bo‘lgan miqdorda, muddati 4 oydan 18 oygacha.
✅ Garovsiz va kafillarsiz
Ta’minotsiz mikroqarzlar barcha qarz oluvchilar uchun mavjud — moliyalashtirish olish uchun garov talab qilinmaydi.
✅ Oddiylik
Faqat pasport va my.gov.uz/myid saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi.
✅ Qo‘shimcha xizmatlar
Qarz oluvchilarni himoya qilish uchun baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash.
✅ 24/7 qo‘llab-quvvatlash xizmati
Mijozlarga kechayu-kunduz yordam berish.
Kimlarga to‘g‘ri keladi? Jismoniy shaxslar uchun har qanday maqsadlarda, shuningdek biznesni boshlamoqchi yoki kengaytirmoqchi bo‘lgan o‘zini o‘zi band qilganlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va kichik biznes egalari uchun mos keladi.
Shaxsiy maqsadlar uchun mikroqarzdan qaysi holatlarda foydalanish mumkin?
- Kutilmagan xarajatlar. Tibbiy xizmatlar, dorilar yoki boshqa favqulodda xarajatlarni qoplash uchun
- Maishiy texnika yoki elektronika xaridi. Muzlatgich, kir yuvish mashinasi, telefon yoki boshqa zarur qurilmalarni sotib olish uchun
- Uy-joy bilan bog‘liq xarajatlar. Kichik ta’mirlash ishlari, mebel yoki uy uchun kerakli buyumlarni xarid qilish uchun
- Ta’lim va o‘qish xarajatlari. Kurslar, treninglar yoki o‘qish bilan bog‘liq to‘lovlarni amalga oshirish uchun
- Sayohat yoki muhim tadbirlar. Safar, to‘y, yubiley yoki boshqa muhim voqealar uchun xarajatlarni qoplash uchun
Mikroqarzni qanday biznes vazifalariga yo‘naltirish mumkin
Una Moliya mikroqarzlari biznesni rivojlantirish bilan bog‘liq keng ko‘lamli vazifalarni hal qilishga yordam beradi. Quyidagilar uning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.
- Uskunalarni xarid qilish. Kassa apparatlari, noutbuklar va boshqalar kabi ishlab chiqarish uskunalariga sarmoya kiriting. Bu samaradorlikni va mahsulot sifatini oshiradi.
- Xodimlar mehnatiga haq to‘lash. O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 5 300 000 so‘mdan oshadi. Mikroqarz xodimlarni ishga olish yoki ularning ish haqini to‘lash imkonini beradi.
- Marketing va reklama. Qarzni ijtimoiy tarmoqlar va internetda reklama e’lonlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, veb-sayt yaratishga yo‘naltirish mumkin.
- Xomashyo sotib olish. Fermerlar uchun bu urug‘lar yoki o‘g‘itlar, hunarmandlar uchun matolar yoki bo‘yoqlar, chakana sotuvchilar uchun esa qayta sotish uchun tovarlar xaridi hisoblanadi. Mikroqarz jamg‘arishni kutmasdan turib materiallarni sotib olish imkonini beradi.
- Biznesni kengaytirish. Mablag‘larni kichik do‘konni ijaraga olish, mini-do‘kon ochish yoki marketpleyslarda savdoni yo‘lga qo‘yishda ishlating.
Layfxak: ariza topshirishdan oldin mikroqarz olish uchun aniq maqsadni belgilab oling. Bu mumkin bo‘lgan miqdor va muddatni tanlashga yordam beradi.
- 65 million so‘mgacha
- Arizani onlayn to‘ldiring
- Garov va kafilsiz
Qanday qilib mikroqarz olish mumkin
Davlat korxonasida ishlamasangiz ham, Una Moliya orqali kredit olish juda oson va tez. Jarayon quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
- Onlayn ariza to‘ldiring — atigi 2-3 daqiqa vaqt oladi.
- Shaxsiy ma’lumotlaringiz tekshiriladi — my.gov.uz orqali avtomatik ravishda.
- Identifikatsiyadan o‘ting — MyID ilovasida yuzni tasdiqlash orqali.
- 5 daqiqa ichida qaror qabul qilinadi — ortiqcha kutishsiz.
- Ma’qullangandan so‘ng mablag‘ darhol kartangizga tushadi.
Kimlar mikroqarz olishi mumkin
“Una Moliya” mikroqarzlari O‘zbekiston fuqarolarini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi
- yosh – 18 yoshdan 60 yoshgacha
- мaqomi — jismoniy shaxs, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs yoki kichik biznes egasi
Hujjatlar:
- pasport yoki ID-kartasi
- aloqa uchun telefon
- my.gov.uz va id.egov.uz saytlariga kirish
Minimal hujjatlar va tushunarli shartlar mikroqarz olish jarayonini oson va tezlashtiradi
Mikroqarzlarning o‘ziga xos xususiyatlari: nimalarni bilish kerak
Una Moliyadagi mikroqarz bankdagi standart kreditdan nimasi bilan farq qiladi?
- Arizangizning ma’qullanishi ehtimoli yuqori.
- 65 000 000 so‘mgacha mablag‘ va 18 oygacha bo‘lgan muddatlar turli biznes maqsadlarga mos keladi.
- Jarimalarsiz muddatidan oldin to‘lash imkoniyati.
- Tez rasmiylashtirish, minimal hujjatlar va kafillarsiz.
O‘zbekistonda davlat ishida ishlamasdan kredit olish siz o‘ylagandan ham osonroq. Una Moliya jismoniy shaxslar, o‘zini o‘zi band qilganlar va tadbirkorlar uchun turli moliyaviy ehtiyojlarni hal qilishga yordam beradigan mikroqarzlarni taklif etadi — shaxsiy xarajatlardan tortib biznesni boshlash yoki rivojlantirishgacha. Minimal talablar, tezkor tasdiqlash va moslashuvchan shartlar tufayli siz kerakli mablag‘ni tez va qulay tarzda olishingiz mumkin.
Rasmiy ish joyisiz kredit olish imkoniyatini qanday oshirish mumkin
Rasmiy ish joyi bo‘lmasa ham kredit yoki mikroqarz olish imkoniyati mavjud. Biroq bunday holatda moliyaviy tashkilotlar qarz oluvchining ishonchliligini diqqat bilan baholaydi. Quyidagi tavsiyalar kredit olish ehtimolini oshirishga yordam beradi.
1. Barqaror daromad manbaini ko‘rsating
Agar rasmiy ish joyingiz bo‘lmasa ham, boshqa daromad manbalari bo‘lishi mumkin. Masalan, frilans ishlari, xizmat ko‘rsatish, savdo yoki boshqa faoliyatdan keladigan daromadlar. Bunday daromadni bank kartasi bo‘yicha pul harakati (hisob-varaqa) ko‘chirmalari orqali ham tasdiqlash mumkin. Bu moliyaviy tashkilotga sizning mablag‘ni qaytarish imkoniyatingiz borligini ko‘rsatadi.
2. Kredit tarixini yaxshilang
Agar ilgari kredit yoki mikroqarz olgan bo‘lsangiz, ularni o‘z vaqtida qaytarish muhim. Ijobiy kredit tarixi moliyaviy tashkilotlar uchun sizning ishonchli qarz oluvchi ekanligingizni ko‘rsatadi.
3. Arizani to‘g‘ri va to‘liq to‘ldiring
Ariza topshirishda barcha ma’lumotlarni aniq va to‘liq ko‘rsatish muhim. Noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar arizaning rad etilishiga sabab bo‘lishi mumkin.Odatda shaxsni tasdiqlovchi hujjat, bank kartasi yoki boshqa asosiy ma’lumotlar talab qilinadi. Ba’zi hollarda qo‘shimcha ma’lumotlar ham so‘ralishi mumkin.
4. Bir vaqtning o‘zida ko‘plab ariza yubormang
Bir vaqtning o‘zida ko‘plab moliyaviy tashkilotlarga ariza topshirish kredit tarixiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu sababli arizani ehtiyotkorlik bilan va ketma-ket yuborish tavsiya etiladi.
Rasmiy ish joyi bo‘lmasa ham kredit olish imkoniyati mavjud. Buning uchun barqaror daromad manbaini ko‘rsatish, kredit tarixini yaxshilash va moliyaviy majburiyatlarni mas’uliyat bilan boshqarish muhim. To‘g‘ri yondashuv orqali siz kerakli moliyalashtirishni olish imkoniyatini sezilarli darajada oshirishingiz mumkin.
