Yangilandi: 20.04.2026

Salbiy kredit tarixini tozalash: uni o‘zgartirish mumkinmi

salbiy kredit tarixini tozalash

Kredit olish imkoniyati ko‘p hollarda kredit tarixingizga bog‘liq. Bank yoki moliyaviy tashkilot qaror qabul qilishdan avval mijozning o‘tgan davrdagi moliyaviy intizomini diqqat bilan o‘rganadi. Aynan shu sababdan salbiy kredit tarixini tozalash va uni yaxshilash ko‘plab odamlar uchun dolzarb masalaga aylangan.

Kredit tarixi nima

Kredit tarixi — bu shaxsning barcha o‘tgan kreditlari, to‘lovlari, qarz majburiyatlari va ularni qay tarzda bajarganligi haqidagi ma’lumotlar to‘plami.

Bu jarayonni maxsus kredit byurolari yuritadi. Ular barcha banklar va moliya tashkilotlaridan kelgan ma’lumotlarni yig‘ib, bitta yagona hisob yaratadi.

Qachon kredit tarixini tekshirish kerak?

  1. Yangi kredit olish, muddatli toʻlov (rassrochka) yoki ipoteka rejalashtirilsa
  2. Agar firibgarlikdan shubhalansangiz (kimdir nomingizga kredit olgan bo‘lsa)
  3. Avvalgi qarzlar bo‘yicha muammolar bo‘lgan bo‘lsa
  4. Bank rad javobi bergan holatlarda

Yaxshi kredit tarixi sizga arzonroq foiz stavkasi bilan kredit olish imkonini bersa, salbiy ma’lumotlar qarz olish imkoniyatini keskin kamaytiradi. Shu sababli ko‘plab mijozlar kredit tarixini yaxshilash yoki hatto salbiy kredit tarixini o‘chirish yo‘llarini izlashadi.

Qanday qilib salbiy kredit tarixini tozalash mumkin

Kredit tarixida ikki xil maʼlumot bo‘lishi mumkin:

Xatolik yoki noto‘g‘ri kiritilgan maʼlumotlar – masalan, qarz o‘z vaqtida yopilgan bo‘lsa-da, tizimda uni “to‘lanmagan” deb ko‘rsatish. Bunday holatlarda mijoz o‘z bankiga yoki Kredit-axborot tahliliy markazi byurosiga murojaat qilib, hujjatlar asosida xatoni tuzatishi mumkin. Qonun bo‘yicha, noto‘g‘ri yozuvlar bekor qilinadi.

Aslida to‘g‘ri, ammo salbiy yozuvlar – masalan, kreditni kechiktirib to‘lash, jarimalar yoki qarzdan qochish faktlari mavjud boʻlsa. Bunday kredit tarixini o‘chirish imkonsiz, chunki ular haqiqiy voqealarni aks ettiradi. Lekin vaqt o‘tishi bilan ular kredit tarixining umumiy bahosiga kamroq taʼsir qiladi.

Demak, kredit tarixini “tozalash”ning yagona yo‘li — xatoliklarni hujjatlar orqali tuzatish va kelajakda barcha to‘lovlarni vaqtida amalga oshirishdir. Shu tariqa mavjud salbiy yozuvlar taʼsiri kamayib, tarix asta-sekin yaxshilanadi. “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi Qonunda kredit byurosi kredit axborotining besh yil mobaynida saqlanishini taʼminlaydi.

Quyida kredit tarixining yomonlashishiga sabablar va ularni to‘g‘rilash bo‘yicha tavsiyalarni keltiramiz.

Muammo Nima uchun yuz beradi? Qanday tuzatish mumkin?
Kreditni kech to‘lash Moliya intizomi past bo‘lganda To‘lovlarni avtomatik sozlash, byudjet rejalashtirish
Bir nechta faol qarz Yuklama yuqori bo‘lganda Qisman yopish, qayta moliyalashtirish
Mijoz xatosi tufayli noto‘g‘ri ma’lumot Bank tizimi yoki xodim xatolari Kredit byurosiga rasmiy murojaat qilish

Kredit tarixidagi xatolarni qanday o‘chirish mumkin

Ba’zan kredit tarixida noaniq yoki xato ma’lumotlar uchrab qoladi. Bunday holatda siz ularni tekshirib, tuzatish imkoniga egasiz. Ammo esda tuting: agar ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa (masalan, kreditni vaqtida to‘lamaganlik), ularni o‘chirib bo‘lmaydi. Lekin keyingi harakatlaringiz bilan kredit tarixingizni yaxshilash mumkin.

  • 1-qadam. Kredit tarixi hisobotini olish.

Avvalo, o‘z kredit tarixingizni tekshirib ko‘rishingiz kerak. Buni litsenziyaga ega kredit byurosi orqali amalga oshirish mumkin.

  • 2-qadam. Xatolar va firibgarliklarni tekshirish.

Hisobotni olganingizdan so‘ng, barcha ma’lumotlarni diqqat bilan ko‘rib chiqing. Agar nomingizga bog‘liq bo‘lmagan qarzlar yoki to‘lovlar chiqsa, bu firibgarlik bo‘lishi mumkin.

  • 3-qadam. Kredit tarixidagi xatolarni tuzatish.

Agar xatolik aniqlansa, siz kredit byurosiga yoki bankka yozma murojaat qilishingiz kerak. Arizada aniq xatoni ko‘rsatib, uni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilasiz.

  • Tezkor mikrokreditni onlayn oling
    • 65 million so‘mgacha
    • Arizani onlayn to‘ldiring
    • Garov va kafilsiz
    Pulni olish Tezkor mikrokreditni onlayn oling
  • Agar firibgarlik sodir bo‘lsa, nima qilish kerak

    Ba’zan insonning shaxsiy ma’lumotlaridan uning xabarisiz foydalanilishi mumkin. Masalan, boshqa kishi sizning nomingizga kredit olishi yoki kartangiz ma’lumotlaridan foydalanishi. Bunday holatda vahima qilmasdan quyidagi choralarni ko‘rish kerak:

    1. Darhol bank yoki moliya tashkilotiga murojaat qilish
    2. Ichki ishlar organlariga ariza yozish
    3. Kredit byurosiga xabar berish
    4. Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish

    Qanday qilib kredit tarixini yaxshilash mumkin

    Agar kredit tarixingizda salbiy yozuvlar bo‘lsa, uni darhol o‘chirishning imkoni yo‘q. Lekin uni sekin-asta yaxshilash mumkin. Buning uchun:

    • Qarzlarni to‘liq yopish
    • To‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish
    • Kichik kreditlardan foydalanish
    • Kredit kartasidan to‘g‘ri foydalanish
    • Yangi kreditlarni tez-tez so‘ramaslik
    • Daromad va qarz muvozanatini saqlash
    • Moliyaviy intizomni shakllantirish

    Yomon kredit tarixiga qaramay qayerdan qarz olish mumkin

    Agar kredit tarixingizda salbiy yozuvlar mavjud bo‘lsa, ko‘pgina banklar sizning arizangizni rad etishi mumkin. Biroq, bu holatda ham imkoniyatlar bor. Ulardan eng ommalashayotgani — mikromoliya tashkilotlari orqali qarz olishdir.

    Mikromoliya tashkilotlari odatda quyidagi sabablarga ko‘ra qarzlarni tezroq tasdiqlashadi:

    1. Talablar banklarga nisbatan yengilroq
    2. Arizalar tezkor ko‘rib chiqiladi
    3. Odatda garov talab qilinmaydi
    4. Minimal hujjatlar talab etiladi
    5. Onlayn ariza topshirish imkoniyati mavjud
    6. Daromadni tasdiqlash har doim ham shart emas

    Masalan, Una Moliya kompaniyasi O‘zbekistonda jismoniy shaxslar hamda tadbirkorlar, jumladan kichik biznes egalari uchun mikroqarzlar taqdim etadi.

    Kredit shartlari

    • Muddati: 4 oydan 18 oygacha
    • Summasi: 3,5 mln so‘mdan 65 mln so‘mgacha

    Afzalliklari

    • 24/7 kredit olish — dam olishsiz, navbatsiz, faqat onlayn
    • Ofisga kelish shart emas — qaror to‘liq onlayn qabul qilinadi
    • Pul darhol kartaga tushadi
    • Garov va kafillarsiz kredit
    • Oldindan to‘lash imkoniyati — hech qanday komissiyasiz
    • Faqat pasport yetarli
    • MyID orqali xavfsiz identifikatsiya
    • Yomon kredit tarixiga qaramay kredit olish mumkin
    • Daromad haqida maʼlumotnoma talab qilinmaydi
    • Do‘stona 24/7 qo‘llab-quvvatlash
    • Moslashtirilgan to‘lov grafigi (o‘zingiz tanlaysiz)
    • Qo‘shimcha xizmat: baxtsiz hodisalardan sug‘urta

    Una Moliya orqali siz ham bugunoq kerakli mablag‘ni osonlik bilan oling — faqat pasportingiz yetarli!

    Xulosa

    Salbiy kredit tarixiga ega bo‘lish hali oxirgi nuqta emas. Mikromoliya tashkilotlari orqali siz zarur moliyani olish imkoniga egasiz. Muhimi, olingan mablag‘ni to‘g‘ri yo‘naltirish va vaqtida qaytarish.

    “Una Moliya” kompaniyasi jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan mikroqarzlar bilan faoliyat yuritadi va har qanday maqsadlar, jumladan, shoshilinch xarajatlar uchun tezkor moliyaviy yechim taklif etadi. Saytda qisqa onlayn arizani to‘ldiring — va 15 daqiqada pulni minimal harakat bilan oling.

    FAQ

    Yo‘q, eski yozuvlar arxivda saqlanadi. Lekin qarzlarni yopish va vaqtida to‘lov qilish orqali tarixni yaxshilash mumkin.

    Qarzlarni yopish, kichik mikrokreditlarni olish va ularni vaqtida to‘lash, kartalardan to‘g‘ri foydalanish – asosiy usullardan hisoblanadi.

    Oʻchirish mumkin emas, lekin faqat xato yoki noqonuniy yozuvlar boʻlsa, kredit byurosiga ariza orqali ularni tuzatish mumkin. Arizaga tegishli hujjatlarni (shaxsni tasdiqlovchi hujjat, xato yozuvni tasdiqlovchi dalillar) ilova qilishni unutmang.

    Loyiha bo‘yicha axborot hamrohligi mutaxassisi MFO Una Moliya kompaniyasida.

    Maqolaga baho bering
    Rahmat, ovozingiz qabul qilindi! 😊
    12 750 000 som
    500 000 som
    25 000 000 som
    1 oy
    1 oy
    12 oy
    Oylik to'lov
    13 334 375 som

    Biz cookie-lardan foydalanamiz. Bu bizga tashrif buyuruvchilarning sayt bilan o'zaro ta'sirini tahlil qilish va uni yaxshilashga yordam beradi. Saytdan foydalanishni davom ettirib, siz cookie-lar va shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash qoidalaridan foydalanishga rozilik bildirasiz. Batafsil.